Pro slova Proroka mir emu

Assalomu alaykum! V odnom video, uslыshal odnu ve, gde yakobы prorok Muxammad mir emu v Pyatnitsu vo vremya xutbы odnomu saxabe, kotorыy sprosil "Kuda ya popadu?", otvetil "Tы popadesh v ad!" Na samom dele, est li takoy xadis ot nego mir emu?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! حَدَّثَنَا أَبُو الْيَمَانِ، أَخْبَرَنَا شُعَيْبٌ، عَنِ الزُّهْرِيِّ،‏.‏ وَحَدَّثَنِي مَحْمُودٌ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّزَّاقِ، أَخْبَرَنَا مَعْمَرٌ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، أَخْبَرَنِي أَنَسُ بْنُ مَالِكٍ ـ رضى الله عنه  أنَّ النبيَّ صَلَّى اللهُ عليه وسلَّمَ خَرَجَ حِينَ زَاغَتِ الشَّمْسُ فَصَلَّى الظُّهْرَ، فَلَمَّا سَلَّمَ قَامَ علَى المِنْبَرِ، فَذَكَرَ السَّاعَةَ، وذَكَرَ أنَّ بيْنَ يَدَيْهَا أُمُورًا عِظَامًا، ثُمَّ قالَ: مَن أحَبَّ أنْ يَسْأَلَ عن شيءٍ فَلْيَسْأَلْ عنْه، فَوَاللَّهِ لا تَسْأَلُونِي عن شيءٍ إلَّا أخْبَرْتُكُمْ به ما دُمْتُ في مَقَامِي هذا، قالَ أنَسٌ: فأكْثَرَ النَّاسُ البُكَاءَ، وأَكْثَرَ رَسولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عليه وسلَّمَ أنْ يَقُولَ: سَلُونِي، فَقالَ أنَسٌ: فَقَامَ إلَيْهِ رَجُلٌ فَقالَ: أيْنَ مَدْخَلِي يا رَسولَ اللَّهِ؟ قالَ: النَّارُ، فَقَامَ عبدُ اللَّهِ بنُ حُذَافَةَ فَقالَ: مَن أبِي يا رَسولَ اللَّهِ؟ قالَ: أبُوكَ حُذَافَةُ، قالَ: ثُمَّ أكْثَرَ أنْ يَقُولَ: سَلُونِي سَلُونِي، فَبَرَكَ عُمَرُ علَى رُكْبَتَيْهِ فَقالَ: رَضِينَا باللَّهِ رَبًّا، وبالإسْلَامِ دِينًا، وبِمُحَمَّدٍ صَلَّى اللهُ عليه وسلَّمَ رَسولًا، قالَ: فَسَكَتَ رَسولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عليه وسلَّمَ حِينَ قالَ عُمَرُ ذلكَ، ثُمَّ قالَ رَسولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عليه وسلَّمَ: والذي نَفْسِي بيَدِهِ لقَدْ عُرِضَتْ عَلَيَّ الجَنَّةُ والنَّارُ آنِفًا، في عُرْضِ هذا الحَائِطِ، وأَنَا أُصَلِّي، فَلَمْ أرَ كَاليَومِ في الخَيْرِ والشَّرِّ Anas ibn Molik roziyallohu anhu xabar qiladi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyosh tikkadan oqqan paytda (uylaridan) chiqib, peshin namozini o‘qib berdilar. Salom bergach, minbarda turib, qiyomatni va undan oldin ulkan ishlar bo‘lishini zikr qildilar. So‘ngra: “Kim biror narsa haqida so‘ramoqchi bo‘lsa, so‘rasin. Allohga qasamki, mendan nimani so‘rasangiz, modomiki shu joyimda ekanman, albatta aytib berman”, dedilar. Odamlar ko‘p yig‘lashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “So‘rayveringlar”, deb ko‘p aytdilar. Bir kishi u zotning oldilariga borib, “Mening kiradigan joyim qaer, ey Allohning Rasuli?” dedi. U zot: “Do‘zax”, dedilar. Abdulloh ibn Huzofa turib, “Mening otam kim, ey Allohning Rasuli?” dedi. “Sening otang Huzofa”, dedilar. Keyin yana ko‘p marta “So‘rayveringlar, so‘rayveringlar”, dedilar. Oxiri Umar tiz cho‘kib, “Allohni Robb deb, Islomni din deb, Muhammad sollallohu alayhi vasalllamni Rasul deb rozi bo‘ldik”, dedi. Umar shunday deganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to‘xtadilar. Keyin: “Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, hozirgina namoz o‘qiyotganimda menga mana bu devor tarafda jannat va do‘zax namoyon qilindi, bugungichalik yaxshilik va yomonlikni ko‘rmaganman”, dedilar”.
Sahihi Buxoriy, 7294-hadis. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 22:00 | Savol-javoblar | 165 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar