1-2 daqiqa kech og‘izni yopish
Assalomu alaykum! Biz ilmsizligimiz tufayli ro‘za tutishda ba’zida taqvimdan 1-2 daqiqa kech qolib og‘iz yopib tutibmiz. Endi boshimiz qotdi necha kun shunday bo‘lganini bilmaymiz lekin ko‘p bo‘ldi. Uch turt minut katta axamiyat kasb etmaydi debmiz. Buni xukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ramazondan keyin o‘sha kunlarning qazosini tutib berasizlar. إذَا تَسَحَّرَ وَهُوَ يَظُنُّ أَنَّ الْفَجْرَ لَمْ يَطْلُعْ فَإِذَا هُوَ قَدْ طَلَعَ أَوْ أَفْطَرَ وَهُوَ يُرَى أَنَّ الشَّمْسَ قَدْ غَرُبَتْ ثُمَّ تَبَيَّنَ أَنَّهَا لَمْ تَغْرُبْ أَمْسَكَ بَقِيَّةَ يَوْمِهِ قَضَاءً لِحَقِّ الْوَقْتِ فَقَدْ تَضَمَّنَتْ هَذِهِ الْمَسْأَلَةُ خَمْسَةَ أَحْكَامٍ أَحَدُهَا أَنَّهُ يَفْسُدُ صَوْمُهُ وَالثَّانِي أَنَّ عَلَيْهِ الْقَضَاءَ لِأَنَّهُ فَوَّتَ الْأَدَاءَ Bir kishi tong otmadi deb saharlik qilsayu, tong otib bo‘lgan bo‘lsa, quyosh botdi deb og‘iz ochgan bo‘lsayu, quyosh botmaganligi aniq bo‘lsa, eyishni to‘xtatadi. Shunday qilib bu masaladan beshta hukm olinadi. 1-ro‘zasi fosid bo‘ladi. 2-zimmasiga qzo lozim bo‘ladi. Chunki u vaqtni qo‘ldan boy berdi. (Hidoya va Javharatun nayyira). "Tafsiri hilol" kitobi “Baqara” surasi 187-oyati tafsirida quyidagicha kelgan : وَكُلُواْ وَاشْرَبُواْ حَتَّى يَتَبَيَّنَ لَكُمُ الْخَيْطُ الأَبْيَضُ مِنَ الْخَيْطِ الأَسْوَدِ مِنَ الْفَجْرِ «Tong paytida sizga oq ip qora ipdan oydinlashguncha eb-ichavering». Imom Buxoriy Adiy ibn Xotimdan rivoyat qiladilarki, u kishi: «Tong paytida sizga oq ip qora ipdan oydinlashguncha eb-ichavering» degan oyat nozil bo‘lganda, bitta oq, bitta qora ipni oldim-da, yostig‘imning ostiga qo‘ydim. Ularga qarab-qarab turib, oqi qorasidan ayon bo‘lganda, og‘zimni berkitdim. Tong otib, kunduzi bo‘lganda, Rasulullohning huzurlariga borib, qilgan ishimni aytib berdim. U kishi: «Unday bo‘lsa, yostig‘ing keng ekan-da, u gap kunduzning oqi bilan kechaning qorasi haqida edi», – dedilar». Bu payt fajri sodiq deyiladi va yorug‘likning ufqda tarqalishini bildiradi. Shundan kelib chiqib, tong ma’lum bo‘lishi bilanoq to‘xtatish kerak. Undan o‘tkazish xuddi namozni vaqtini chiqarib, qazosini o‘qish kabidir. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 21:51 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar