Oylik daromadimdan exson kilish

Assalomu alaykum! 1. Topgan daromadimdan kanchasini xar oyda exson kilishim kerak. 2. Kimga yoki qaerga exson qilishligim shariatda qanday ketma ketlikda bo‘ladi? Misol uchun birinchi oila va yakinlarim, qo‘shnilar va qarindoshlar va do‘stlarimga exson qilishim kerakmi yoki masjid, masjid qurilishi yoki ko‘chada miskinlarga berganim ma’qulmi? Shularni to‘g‘ri taqsimlashda maslaxat beringlar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ixtiyoringiz. 2). Yaqinlardan boshlagan ma’qul, odamlar nochorligini bilmaydigan miskinlarni topib bersangiz savobi ulug‘, tolibi ilmlarga o‘qish shartnomasini to‘lab bering. Qolganlarga odamlar etarli ehson qilib turibdi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 22:11 | Savol-javoblar | 175 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar