Savdodagi gramm

Assalomu alaykum! Men dehqonman mayz etishtiraman, bozorda qoplab sotamiz va olgan xaridor qopga 400 gr qaytaradi qopning asl og‘irligi 100 gr men bu kelishuvga rozi bo‘laman chunki hammanikini shunday qiladi. Men 1. 2. marta talashdim qopni chiqgan gramini qaytarasan deb xaridorlar esa hammadan 400 gr qaytaramiz skidka uchun biz ham emaymiz biz ham sotamiz deyishadi va bu holga majburan rozi bo‘laman chunki hammada shunaqa kelishuv. Xaridorlarning ishi to‘g‘rimi men rozi bo‘lsam ikkimiz ham gunohkor bo‘p qolmaymizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Asli og‘irligi qancha va sizlar qancha chiqarib tashlashingniz sizga ham xaridorga ham ma’lum bo‘lsa ikki taraf rozi bo‘lsa gunoh bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 22:22 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar