Tashaxxuddan keyin sallolloxu alayxi vasallam deyish
Assalomu alaykum! Bir do‘stim tashaxxuddni oxirida "Ashhadu al laa ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ’abduhu va rosuluh." degandan so‘ng sallolloxu alayxi vasallam deyish kerak dedi. Shu gapi to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tashahhuddan keyin siz aytgan shaklda salovot aytish hadislarda kelmagan. Hadislarda namozning oxirgi o‘tirishidagi tashahhuddan keyin “as-Solatul Ibrohimiyya” nomli salovot aytiladi. عَنِ كَعْبِ بْنِ عُجْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ فِي الصَّلاَةِ اللَّهُمَّ صَلِّ عَلَى مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِ مُحَمَّدٍ كَمَا صَلَّيْتَ عَلَى إِبْرَاهِيمَ وآلِ إِبْرَاهِيمَ وَبَارِكْ عَلَى مُحَمَّدٍ وَآلِ مُحَمَّدٍ كَمَا بَارَكْتَ عَلَى إِبْرَاهِيمَ وَآلِ إِبْرَاهِيمَ إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ والشَّافِعِيُّ وَاللَّفْظُ لَهُ Ka’b ibn Ujra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam namozda:
«Allohumma solli ala Muhammadiv va ala Ali Muhammad. Kama sollayta ala Ibrohiyma va Ali Ibrohiym. Va barik ala Muhammadiv va Ali Muhammad. Kama barokta ala Ibrohiyma va Ali Ibrohiym. Innaka hamiydum majid», der edilar».
Beshovlari va Shofe’iy rivoyat qilgan.
Lafz o‘sha kishiniki.
Sharh: Shofe’iy mazhabiga ko‘ra, tashahhuddan keyin salovat aytish vojib, boshqalar sunnat, deyishgan.
Salovotning siyg‘asi ham turli hadislarda turlicha kelgan, ana o‘shalardan biri aytsa bo‘ladi.
«Allohumma solli ala Muhammad».
«Ey, bor Xudoyo, Muhammad alayhissalomga O‘zingning ziyoda rahmatlaringni nozil qilgin».
«Va ala Ali Muhammad».
«Muhammad sollallohu alayhi vasallamni oila a’zolariga ham».
«Kama sollayta ala Ibrohiyma va Ali Ibrohiym».
«Xuddi Ibrohimga va Ibrohim ahli baytlariga o‘z rahmatingni nozil qilganingdek».
«Va barik ala Muhammadiv va Ali Muhammad».
«Muhammadga va Muhammad ahli baytlariga o‘z barakangni nozil qil».
«Kama barokta ala Ibrohiyma va Ali Ibrohiym».
«Xuddi Ibrohim va Ibrohim ahli baytlariga o‘z barakangni nozil qilganingdek».
«Innaka hamiydum majidun».
«Albatta, Sening O‘zing maqtalgan, ulug‘langan zotsan». («Hadis va hayot» kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 22:33 | Savol-javoblar | 173 | Namoz