Brazilyadan kelgan go‘sht

Assalomu alaykum! Men vaxta rejimda ishlayman. Bizga pishiradigan ovqatning go‘shti Brazilyadan kelar ekan. Uni xalol yoki xaromligi Vallohu alam. Men ovqatni faqat o‘zini eyman go‘shtini emas. Bir joyda xarom aralashgan ovqatni o‘zi xam xarom deb javob beripsizlar. Biz cho‘l xududida ishlaymiz, xar doim xam 3 maxal ovqatni boshqa joydan qilishni imkoni yo‘q. Biz ovkqatlanayotgan ovqatlarni xukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halolligi aniq bo‘lmasa eyish joiz bo‘lmaydi. U taomdan emang, boshqa yo‘lini qiling. Masalan yotoqxonangizda boshqa halol narsa tayyorlab oling yoki oshxonangizda ovqat emasdan non kabi halol narsalar eng. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 22:33 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar