Oq bo‘ldimmi?
Assalomu aleykum ustoz. Bir qayg‘uli, dilimi xomush qilgan masalada savolim bor edi.Bugun ertalab uyimizga sut sotuvchi qiz kelgan edi. Man sut sotib olayotganimda sut idishini bo‘shatib berishimi so‘radi. Uydagi idishni onam endi yuvayotgan edi. Man kecha yuvib qo‘ysangiz bo‘lmasmidi deganimda jahli chiqdi. Keyin kennoyimdan noroziligini yana javray boshladi: padariga la‘nat, it qishloqi va h.zo! Maraz Otam gap qo‘shdi: bu erda baqiroq xotin borakan deyapti" dedi (o‘zi otam onamni manashunaqa gapla bilan jazavaga tushirishni yaxshi ko‘radi) onam: kemasin unda uyimga" dedi. Qiz eshitganida hafa bo‘lganini sezib jahlim chiqdi. Man boshqa idishga sutni quyib, sut idishini qizga opchiqib berganimdan so‘ng onam "1 minut kutganingda idishni yuvib bo‘lardim" dedi. Man "birov kutib o‘tirmaydiku" desam, "pul kerak bo‘lsa kutadi, chundingmi, kutadi" deb qayta-qayta aytdi. Man "nima? O‘ylab gapiryapsizmi?" dedim. Tayinki qiz hali uzoqlashmagandi. Birovni bunaqa erga urish manga to‘g‘ri kemaydi. Keyin onamga"xaddingizdan oshib ketibsiz, onam degani uyalaman"dedim. Rostdanam onamligiga ba‘zan uyalib ketaman. Og‘zidan bodi kirib shodi chiqsa. Keyin u manga sandaqa bolam yo‘q. Ona dema meni. Onangmasman. Dedi. Birnecha bor aytdi. Albatta onamni ongi pastroq. Jahldor. Tushunishni xam xoxlamaydi. Lekin man so‘ramoqchi bo‘lgan narsa, man oq bo‘ldimmi? Xazrat. Manda ayb bor. Lekin man birov uyizga keganda xushmuomila bo‘lish o‘rniga, uni ortiqcha, odam sifatida ko‘rmaslik umuman yoqmaydi va bundan g‘azablangandim. Endi man oq bo‘ldimmi ustoz?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Asl to‘g‘ri bo‘lsa ham, o‘zini bosish, masalani yotiqlik bilan hal qilish kerak. Asta shunga o‘rganing. Onaningizning kechirganlari yaxshi bo‘libdi. Oq bo‘lish shariatga xilof ishlarda bo‘ladi.
4 May 2022, 14:03 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Asl to‘g‘ri bo‘lsa ham, o‘zini bosish, masalani yotiqlik bilan hal qilish kerak. Asta shunga o‘rganing. Onaningizning kechirganlari yaxshi bo‘libdi. Oq bo‘lish shariatga xilof ishlarda bo‘ladi.
4 May 2022, 14:03 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar