Yoshlar muomalasi
Assalomu alaykum! Men maktabda o‘qiyman, o‘smir bolalar bilan birga bo‘laman. Avvaldan shu yoshdagi bolalar o‘rtasida janjanlar bo‘lib turadi. Hozir ham musulmon bolalar o‘rtasida shunday ishlar bo‘ladi. "Sheflik" talashishadi. Agarda menga bir bola so‘kinib urishmoqchiligini aytsa nima qilay? Urishish istagim yo‘qligini aytsam qo‘rqdi deyishadi, vaholanki urishsam undaylarni kaltak eyishi aniq. Musulmonlar shunday masalada nima qilishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! So‘kinsa o‘zini so‘kkan bo‘ladi. Undaylarga e’tibor bermaslik, lekin o‘zini xorlatib ham qo‘ymaslik kerak. عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ «إِنَّ مِنْ أَكْبَرِ الْكَبَائِرِ أَنْ يَلْعَنَ الرَّجُلُ وَالِدَيْهِ». قِيلَ: يَا رَسُولَ اللهِ، وَكَيْفَ يَلْعَنُ الرَّجُلُ وَالِدَيْهِ؟ قَالَ: يَسُبُّ الرَّجُلُ أَبَا الرَّجُلِ، فَيَسُبُّ أَبَاهُ، وَيَسُبُّ أَمَّهُ Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kabiralarning kattalaridan biri – kishining ota-onasini la’natlashidir», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, qanday qilib kishi o‘z ota-onasini la’natlaydi?» deyildi. «Kishi birovning otasini so‘kadi, shunda u ham buning otasini so‘kadi, onasini so‘kadi», dedilar».
Imom Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 22:44 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar