Diniy lavozimda ishlamagan va’z qilishi joizmi?

Assalomu alaykum! Men Rossiyaning Chukotka ulkasida ishlayman. Korxonada 800 ga yakin ishchi bor. Asosan uzbek, tojik, rus, chichen, ingusht, kirgiz, turk va xokazo. Jamoadagi musulmonlarning talabiga kura tashkiot raxbari korxonada masjid xam kurib bergan. 100 kishiga yakin namozxon bor, asosan uzbekzabon (Uzbekiston fukarosi) yangi namozxonlar. Yakin 3000 km masafada jome’ yukligi uchun jum’a xam ukiladi. Yangi masjidimiz xar kuni dunyoda eng birinchi azon yangraydigan maskanga aylandi. Yaponiyada xam bizdan 3 soat keyin namoz vakti kiradi. Jamoamiz tanlagan imom xam Uzbekistonda sobik rasmiy imom bulib ishlagan xujjatli kishi. Uzim xam rasmiy diniy ta’lim olganman. Ramazon kechalari tarovexlar xam shukux bilan utyapti, jamoamizda murattab kori xam bor. Bu jamoamizning kuvonchiga sabab buladigan xolat. Ammo asosiy muammo, jamoada oz bulsada bemazxab, soxta salafiy kishilar bor. Ular fursat topdi deguncha odatlariga muvofik fitna chikarib, yangi namozxonlarni uzlariga ergashtirish maksadida buzgunchiliklarini ishga soladi. Ularning bittasi xam xar kanday jamoaga kuplik kilar ekan. Uzlarini alifni kaltak deydiganchalik savodlari bor, lekin ularga ma’kul kelmaydigan oyat, xadislarni tan olishmaydi, akalli bitta xadisni xam sanadi bilan arabcha matnini aytib bera olmaydi, lekin ularning botil fikrini urtaga chikaradigan xadisga kelganda Imomi Buxoriyni xam tan olishmaydi. Ammo Alloh taoloning erdami bilan jum’alarda ularga raddiyalar berishga xarakat kilyapmiz, mazxab ulamolarimiz fatvo va dalillarini, birlik, tinchlik va vatanparvarlikni xikmatlarini jamomizga tushuntiryapmiz. Alloh taoloning Uzi ta’sir yaratib, bemazxablarga ergashganlardan tavba kilib, axli sunnaga kaytib, xanafiy mazxabini tutganlar buldi. Moyilligi bulganlardan xam ulardan extiyor bulishi kerakligini anglab etganlar bulyapti. Sizlardan xam jamoamiz xakkiga, bizning xakkimizga, Paygambar alayxis salomga munosib ummat bulishimizni surab duo kilishlaringizni suraymiz. Savolga keladigan bulsak: Biz bu erda rasmiy imom emasmiz, ammo kurib, bilib turib kuz yumish xam ogir, ushbu sababli vazifani zimmaga olishga to‘g‘ri kelyapti, sababi jamoaning asosiy kismi uz vatandoshlarimiz, mintakamiz vakillari. Shunday xolatda ishimizni shu shaklda davom ettirishimiz joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Astoydil harakat qilinglar, islomni to‘g‘ri tushuntirish uchun harakatda bo‘linglar. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:02 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar