Taksi keshbeki

Assalomu alaykum! Men taksi kompaniyada ishlayman. Kompaniya dispechorlik vasifasi uchun xak oladi yani mijoz ularga telefon kiladi, ular buyurtmani maxsus ilovaga joylshtiradi. Taksistlar shu ilovadan foydalanib odam olgani uchun pul tulaydi. Xozirda mijozlarga xam maxsus ilova joriy kilinib targib kilinmokda. Mijoz telefon kilmay, ilovadan foydalanib buyurtma bersa nechchi pullik yursa shuni 3% bonus yani keshbek sifatida yigilib boradi. Biz taksistlar ilovani urnatishni tafsiya kilsak, urnatish mobaynida mashina id kodi kiritilsa shu kod rakamdagi taksisga xam bonus beriladi. Bonus bir marta emas mijoz xar buyurtmasidan beriladi. Mijozga xam bizga xam kompaniya bonus beradi. Fikrimcha kompaniyning daramadi fakat bizning tulovdan. Savolim biz oladigan bonusning xukmi vositachilik uchun kayta kayta xak olishga kirib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 23:39 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar