Ilmsiz paytda bilmagan namozlar

Assalomu alaykum! Ma’lumki kupgina odamlar to‘g‘ri yulni kech tanishyabdi, men shunaka odamlarni kupini bilaman 50, 60 yoshida xakni tanishgan. Ular utgan davr mobaynida dindan bexabar edilar, keyin to‘g‘ri yulga yurishgan, endi ular kazo namozlarini ukishi shartmi. Axir Paygambarimiz s.a.v : "3 ta gunox kilinsa usha gunox yozilmidi 1) usha gunoxni gunox ekanligini bilmasa 2) kasddan kilmasa 3) usha gunoxni gunox ekanligi esidan chikkan bulsa" deganlaru. Shuning uchun ular ukimagan namozlarini ukishi shartmasu shu xadisga binoan. Agar bir odamga 50 yoshida ilm berilgan bulsa endi u odam 13 yoshda balogatga etgan bulsa kolgan 37 yillik namozini ukiydimi juda kup vakt ketadi usha vaktning urniga kitob yozgani yaxshiyu to‘g‘rimi?! Ulgandan keyin manfaat olinadigan ilm koldirsa orkasidan savob kebturishini bizga Paygambarimiz s.a.v. aytgan. Shuning uchun ilmsiz davrda kilingan gunoxlar inobatga olinmaydi to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu kabi masalalar muhokama qilinmaydi. Bu amallar Alloh taolo har bandaning zimmasiga farz qilgan amallardir. O‘sha odamlar boshqa odamlar namoz o‘qiyapganini bilgan-ku. Namoz o‘qish kerak degan gapni eshitmagan inson hozir bizning jamiyatimizda yo‘q hisob. Hatto g‘ayridinlar musulmon kuniga 5 vaqt ibodat qilishini bilshadi. Shuning uchun siz aytgan gap asossiz hisoblanadi. Siz aytgan kishilar 50-60 yil mobaynida namoz o‘qish kerak degan gapni eshitmagan bo‘lishi amri mahol. Qoldirgan namozlarini qazosini o‘qishi shart. Inson johillik yoki kibr qilib yoki bilishga imkoni bo‘laturib ilmni olmasa unga uzr bo‘lmaydi. Namozni farzligini 1400 yildan beri butun musulmonlar bilishadi. Jumladan siz sanab o‘tgan 50-60-70 yoshli insonlar ham namoz o‘qimay yurgan vaqtida namozni farzligini juda yaxshi bilganlar. Siz farz degan narsani yaxshi tushunmas ekansiz. Bu har bir musulmon qilishi shart bo‘lgan amal. U olim bo‘ladimi, omi bo‘ladimi baribir. Kitob yozish esa farz emas. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 23:39 | Savol-javoblar | 151 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar