Haloldan pul topish

Assalomu alaykum! Man rossiyada chastniy domda ishliman uyning egasi masihiy dinida millati arman. Remont qilib turgan uyimizning ikkinchi etaji mehmonhona u erga kunlik dam oluvchilar (zino maqsadida) kelishadi bu erda ishlab topgan pulimiz bizga halolmi. Uyning egasi elektr toki va suvning schyotchiklarini muzlatib qo‘ygan (o‘g‘rinlikcha, pul ishlamaydi) bizning ham shu elektr va suvdan foydalanishimiz to‘g‘rimi? Uyning egasi foizga pul beradi biz bu odam bilan dogovor asosida xizmatini qilib pul ishlasak bo‘ladimi ishlash sohamiz stroyka?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Faxsh, o‘g‘irlik va boshqa harom ishlar aniq bo‘lishini bilib turib ishlamanglar. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 23:49 | Savol-javoblar | 135 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar