Bank krediti asosida muddatli to‘lov
Assalomu alaykum! Bank mobil dasturi orqali xar xil magazin tovarlarini muddatli to‘lovga bermoqda. Unda, xaridor tovarni tanlagach, xaridor nomiga bank kredit rasmiylashtirib, sotuvchi xisob raqamiga tashlab beryapti. Masalan, 6 mln so‘mlik tovarga 6 mln so‘mlik kredit ochib, pulni sotuvchiga tashlab beryapti. So‘ng, kreditni foizi bilan xisoblab, muddatli tulov muddatiga bulib, (masalan, yukoridagi xolatdan 6 oyga 1 mln 200 mingdan) xaridorga xuddi muddatli tulovdek berishyapti. Bu xolatda xaridor riboga aralashib kolmayaptimi? Savdo xalol xisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bank tovarni o‘ziga sotib olib, so‘ngra sizga foyda bilan nasiyaga sotgan bo‘lsa, quyidagi noshar’iy ishlar aralashgan bo‘lishi mumkin:1). O‘zida yo‘q bo‘lgan narsani sotgan bo‘lishi;2). Tovarni o‘ziga sotib olgach, qabz qilmay turib sizga sotishi;3). Muddatli to‘lov kechikkani uchun penya (jarima) tayinlashi. Ushbu uch holatdan birortasi topilsa, bu ish joiz emas.Bank tovarni o‘ziga sotib olish o‘rniga, sizga o‘sha tovarning narxiga teng pulni qarzga bergan bo‘lsa va uni ustamasi bilan qaytarib olsa, bu ayni ribodir. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 08:01 | Savol-javoblar | 173 | Moliya va tijorat