Biznes reja
Assalomu alaykum! Bir odam bir biznes boshlamoqchi ammo shu shariatga zidmi yoki joizmi bilmayabti. Uning kiyim kechak do‘koni bor ; masalan u sotayotgan buyumlarning narxi eng arzoni 150.000 o‘rtachasi 300.000 eng qimmati 600.000 ming so‘m atrofida mijoz bir buyum olmoqchi uning narxi qanday bo‘lishidan qat’i nazar xaridorga bir taklif bildiriladi u taklif shundan iboratki bir dumaloq narxlar yozilgan baraban aylantirish taklifi. U barabanda eng past narx 150.000 eng balandi 500.000 ming agar mijoz o‘zi rozi bo‘lsa shuni aylantirib omadini sinab ko‘radi. Masalan Agar mijoz 300 minglik narsa tanlagan bo‘lsa barabanni aylantirish taklifiga rozi bo‘lib o‘ynasayu 500 ming tushib qolsa 500 minga oladi 150 ming tushsa 150 mingga oladi o‘ynashni xohlamasa maxsulot narxini to‘lab olib ketaveradi. Yoki baraban bo‘lmasa konvert yoki shunga o‘xshash narsalarni savdosiga mijozlarni yanada jalb qilish uchun shunga o‘xshash narsalar qilish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu aslo joiz emas. Qimorning turi bu. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 00:00 | Savol-javoblar | 178 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu aslo joiz emas. Qimorning turi bu. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 00:00 | Savol-javoblar | 178 | Moliya va tijorat