Suvga sichqon tushib qolsa
Assalomu alaykum! Avvalo sizlarga katta rahmat. Sizlar tufayli ko‘p bilmagan savollarimga javob olyapman. Yaqinda bir holat bo‘ldi uyimizda xovuzimiz bor 2 metrga 2 metrlik. Shu xovuzga sichqon tushib ketdi ammo o‘lib qolmagan ekan chiqarib tashladik. Shu suvda tahorat yoki g‘usl qilsa bo‘ladimi? Umuman olganda xovuzda shunaqa qoni bor hayvonlar tushib ketsayu hali o‘lib qolmagan bo‘lsa ishlatsa bo‘ladimi? Yoz faslida qishlog‘imizda suv kamayib qoladi shu xovuzimizni doim suvga to‘ldirib qo‘yib ishlatardik endi nima qilishni bilmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Kifoya” kitobida quyidagicha keladi:
Yirtqich hayvonlarning go‘shti harom bo‘lgani uchun o‘sha go‘shtdan paydo bo‘lgan so‘lak va u tekkan har bir narsa ham najas hisoblanadi.
Mushuk, qo‘yib yuborilgan tovuq, yirtqich qushlar va uylardan maskan oladigan sichqon, kaltakesak kabi hayvonlarniki makruhdir.
Qo‘yib yuborilgan tovuq najosatli narsalarni eydi. Bunga yovvoyilashib ketib, najosatlarni eyishga odatlangan sigir va tuyalar ham qo‘shiladi. Mazkur narsalar, yirtqich qushlar va mushuk, sichqon, ilon kabi uylarda uchrab turadigan hayvonlardan ortgan suv makruhdir. Boshqa suv bo‘lmagan holatdagina bularni ishlatsa bo‘ladi.
Dalil:عَنْ كَبْشَةَ بِنْتِ كَعْبٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ دَخَلَ أَبُو قَتَادَةَ فَسَكَبْتُ وَضُوءًا، فَجَاءَتْ هِرَّةٌ فَشَرِبَتْ مِنْهُ فَأَصْغَى لَهَا الْإِنَاءَ حَتَّى شَرِبَتْ، فَرَآنِي أَنْظُرُ إلَيْهِ، فَقَالَ أَتَعْجَبِينَ ياَ بِنْتَ أَخِي؟ فَقُلْتُ نَعَمْ، فَقَالَ إِنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ «إِنَّهَا لَيْسَتْ بِنَجِسٍ، إِنَّهَا مِنَ الطَّوَّافِينَ عَلَيْكُمْ وَالطَّوَّافَاتِ»رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ Kabsha binti Ka’b roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«U kishi aytadilar:
«Abu Qatoda (uyimizga) kirdi. Men uning tahoratiga suv quyib berdim. Shunda bir mushuk kelib, undan ichdi. U esa unga ichib olishi uchun idishni engashtirib tutdi. Shunda u o‘ziga qarab turganimni ko‘rdi va:
«Ey birodarimning qizi, ajablanyapsanmi?» dedi. Men:
«Ha», dedim. U:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, u (mushuk) najas emas, u sizlarning atrofingizda aylanib yuruvchilardandir», deganlar», dedi».
«Sunan» egalari rivoyat qilishgan.
Shu bilan birga, ushbu va boshqa hadislarda mushuk tekkan suv haqidagi rivoyatlar ma’lum holatlarga asoslangani hamda mushuk sichqon va unga o‘xshash narsalarni eyishi e’tiboridan ulamolarimiz mushuk tekkan suvni makruh deganlar. Ya’ni «Agar mushuk tekkan suvdan boshqa suv bor bo‘lsa, o‘sha boshqa suvda tahorat qilgan yaxshiroq», deganlar.
Bu hukmga kirgan barcha hayvon va qushlar mushukka qiyos qilingan. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 00:00 | Savol-javoblar | 168 | Halol va harom