1 xbet

Assalomu alaykum! 1xbet va shunga o‘xshash pul tikish, qumor o‘yinlari orqali internet tarmogidan pul ishlab uni ezgulik maqsadida, masalan xayriya uchun foydalansa gunoxkor bo‘ladimi yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haromdan pul topib savob umidida faqir-miskinlarga ehson qilish borasida fuqaholarimiz: “Kim shunday qilsa kofir bo‘ladi” deganlar. Chunki bunda Allohga o‘ta behurmatlik qilingan bo‘ladi. Oddiy misol siz uchun sizni e’tiqodingizda harom bo‘lgan cho‘chqa go‘shtini bir kishi sizga sovg‘a deb ko‘tarib kelsa, siz o‘zingizni qanchalar tahqirlangan deb bilasiz? Savob uchun harom molni ehson qilish ham Allohga o‘sha to‘ng‘iz go‘shtini tortiq qilishdan kam emas. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 12:24 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar