Cho‘chqa go‘shtini edirgan bo‘lsa

Assalomu alaykum! Mening yoshim 20da xozirda Rossiya Federatsiyada Meditsina Universitetida 3-kursda ukiyman men bu yerda Uzbekistonlik bir talaba bilan birga yashayman 3 chi birga yashaymiz magazinga koprok sherigim chikadi men u inson musulmon chuchka yemasa kerak deb oylardim va xar doim magazinga chikishidan oldin chuchka goshti bor maxsulot olma derdim lekin orada biz tortishib koldik va u menga 3 yil davomida fakat chuchka goshti bor maxsulot olgani va shu maxsulotni yeganimizni aytdi bu xolotda men kanday ish tutishim kerak men yegan xarom lukmadan afsus daman
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo musulmon odam zakiy bo‘lishi kerak. Oldingizga nima olib kelsa, tekshirmasdan eyaverish ham to‘g‘ri emas. Bu gapni do‘stingizni urishib qolganda alamzada bo‘lib aytgan deb gumon qilamiz. Tavba qiling, istig‘forlar aytinglar. Musulmonlar bunaqa urishib gina saqlab yurishi to‘g‘ri emas. Bu masalaning birinchi tarafi. Ikkinchisi cho‘chqa go‘shtidan boshqasini esa bo‘ladi degan gap ham noto‘g‘ri. Cho‘chqadan boshqa go‘shti halol hayvonlarning go‘shtini eyish uchun ular shariatga muvofiq so‘yilgan bo‘lishi kerak. Rossiyadagi magazindagi go‘shtlarning aksari shariatga muvofiq so‘yilmagan bo‘ladi. Buni ham inobatga olishingiz kerak. Halol, musulmon qassoblar “Bismillah, Allohu Akbar”, deb shariat qoidalagi asosan so‘ygan go‘shtlarni iste’mol qilish kerak. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 00:00 | Savol-javoblar | 192 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar