Pora aralashib olinga hovli-joy

Assalomu alaykum! Bir kishi pora orqali hovli joy olgan bo‘lsa, pora evaziga unga berilgani aniq bo‘lsa va bu hovli joyni ma’lum bir to‘lov orqali olgan bo‘lsa qanday yo‘l tutish kerak bo‘ladi? Hovlini sotib sarflangan pulni chiqarib qolganini savob umid qilmasdan tolib-talabalar, ilm izlayotgan insonlarga, muhtojlarga berib yuborsa to‘g‘ri bo‘ladimi yoki o‘ziga olib qolishi mumkinmi o‘sha hovlini?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo pora berganlarga qaytarib beradi. Topish imkoni bo‘lmasa, bergan porasi evazichasini savob umid qilmasdan faqir-miskinlarga sadaqa qilib yuborsin. Keyin uydan foydalansa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 00:22 | Savol-javoblar | 151 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar