Shunday hadislar bormi?
Assalomu alaykum! Yaqinda bir dugonam diniy idoraga borgan ekan oilaviy masala bilan. Unda u erdagi qori shunday gaplarni aytipti "Ayol kishi turmush urtogini bitta kiyimini yuvsa unda 1000ta savob yoziladi va 1000ta ginohi kechiriladi. Uhud jangida musulmonlar yutqazishgan va u erda ulganlar jannati bulishdi deb paygambarimiz Muhammad s.a.v aytganda ayollar ham biz ham shunday daraja hohlaymiz, ammo biz jang qila olmaymiz deganda, paygambarimiz "Sizlarga ham jihot maydoni bor, u eringizning hovlisidir. U erda qarindosh uruqlarini rozi qilib yashasangiz sizlar ham shahid bulasizlar" degan ekan. Shunday hadis bormi? Keyin u kishi agar ayol kishi namoz oqisa bir oy ruza tutsa va erini rozi qilsa u jannatni hohlagan eshigidan kiradi depti. Urtogim uranib yurardi unga: bu yogda Quron oqisezam, nafil ibodatlar qilib, oranib chirkanib yursezu eriz rozi bumasa jannatga kirmesiz depti. U endi uranmasayam bulaveradimi? Ish joyida ruhsat yoq lekin Allohni buyrugi deb qattiq turayotgandi. Eriga uzi uranadiganlar ja yoqmasdi. Keyin meni rozi qil deb ushlab olipti. U kishiga eridan shikoyat qilishni hohlamapti, lekin eri rozi buladigon inson emas. Turmushi davomida bir shirin suz demagan ekan, oilada hammasi hohlaganicha muomila qilarkan, eri nomahram qizlar bilan gaplashib ularni erkalarkanu ayoliga kelganda yo men unaqa gaplarni bilmiman deb aytarkan. Nima ayol kishi choridek utib ketsinmi? Eri hattoki kalta yubkalar kiysa ham indamas ekan. Bu ayoli bilan umuman ishi yoq ekanu, lekin ayoli rozi qilishi kerak ekan shu bizning dinimizmi? Erkak kishi hech narsa qilmasdan rozilik talab qilishiga qanday qaraladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu hadis yo‘q. Erni roziligini olsa jannatga kirishi haqida hadis bor. Ibodat qilish borasida erga itoat yo‘q. Unday er Allohning oldida qattiq gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 09:42 | Savol-javoblar | 168 | Hadislar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu hadis yo‘q. Erni roziligini olsa jannatga kirishi haqida hadis bor. Ibodat qilish borasida erga itoat yo‘q. Unday er Allohning oldida qattiq gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 09:42 | Savol-javoblar | 168 | Hadislar