So‘roq qilinmasdan jannatga kiruvchi uch toifa

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, qiyomat kuni uch toifa kishilar so‘roq qilinmasligi haqida o‘qidim. Shu haqida batafsil ma’lumot bersangizlar. Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! عَنْ عِمْرَانَ بْنِ حُصَيْنٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: لَا رُقْيَةَ إِلَّا مِنْ عَيْنٍ أَوْ حُمَةٍ. فَذَكَرْتُهُ لِسَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ فَقَالَ: حَدَّثَنَا ابْنُ عَبَّاسٍ، قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «عُرِضَتْ عَلَيَّ الْأُمَمُ، فَجَعَلَ النَّبِيُّ وَالنَّبِيَّانِ يَمُرُّونَ مَعَهُمُ الرَّهْطُ، وَالنَّبِيُّ لَيْسَ مَعَهُ أَحَدٌ، حَتَّى رُفِعَ لِي سَوَادٌ عَظِيمٌ، قُلْتُ: مَا هَذَا؟ أُمَّتِي هَذِهِ؟ قِيلَ: هَذَا مُوسَى وَقَوْمُهُ. قِيلَ: انْظُرْ إِلَى الْأُفُقِ. فَإِذَا سَوَادٌ يَمْلَأُ الْأُفُقَ، ثُمَّ قِيلَ لِي: انْظُرْ هَا هُنَا وَهَا هُنَا فِي آفَاقِ السَّمَاءِ. فَإِذَا سَوَادٌ قَدْ مَلَأَ الْأُفُقَ، قِيلَ: هَذِهِ أُمَّتُكَ، وَيَدْخُلُ الْجَنَّةَ مِنْ هَؤُلَاءِ سَبْعُونَ أَلْفًا بِغَيْرِ حِسَابٍ، ثُمَّ دَخَلَ وَلَمْ يُبَيِّنْ لَهُمْ، فَأَفَاضَ الْقَوْمُ وَقَالُوا: نَحْنُ الَّذِينَ آمَنَّا بِاللهِ، وَاتَّبَعْنَا رَسُولَهُ، فَنَحْنُ هُمْ أَوْ أَوْلَادُنَا الَّذِينَ وُلِدُوا فِي الْإِسْلَامِ، فَإِنَّا وُلِدْنَا فِي الْجَاهِلِيَّةِ. فَبَلَغَ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَخَرَجَ فَقَالَ: هُمُ الَّذِينَ لَا يَسْتَرْقُونَ، وَلَا يَتَطَيَّرُونَ، وَلَا يَكْتَوُونَ، وَعَلَى رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ». فَقَالَ عُكَّاشَةُ بْنُ مِحْصَنٍ: أَمِنْهُمْ أَنَا يَا رَسُولَ اللهِ؟ قَالَ: «نَعَمْ». فَقَامَ آخَرُ فَقَالَ: أَمِنْهُمْ أَنَا؟ قَالَ: «سَبَقَكَ عُكَّاشَةُ  Husoyn so‘zlab berdi:
«Omir Imron ibn Husoyn roziyallohu anhumoning «Ko‘z yoki chayon zahridan boshqaga dam solish yo‘q», deganini rivoyat qildi. Buni Sa’id ibn Jubayrga zikr qildim. U shunday dedi: «Ibn Abbos bizga shunday so‘zlab bergan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Menga ummatlar namoyish qilindi. Bir ikki nabiy kichik guruh bilan birga o‘tdi, boshqa bir nabiy esa yolg‘iz o‘zi o‘tdi. Nihoyat, menga ulkan olomon namoyon qilindi. «Bu nima? Bu ummatimmi?» dedim. «Bu Muso va uning qavmi», deyildi. Keyin: «Ufqqa qara», deyildi. Qarasam, bir olomon ufqni to‘ldirib turibdi. Keyin menga: «Osmon ufqlarining u yog‘iga, bu yog‘iga qara», deyildi. Qarasam, bir olomon ufqni to‘sib qo‘yibdi. «Mana shu sening ummating. Ulardan etmish mingtasi jannatga hisobsiz kiradi», deyildi». So‘ngra kirib ketdilar, ularga ochiqlab bermadilar. Odamlar tarqalib ketishdi. Ular: «Biz Allohga iymon keltirgan, Uning Rasuliga ergashganlarmiz. O‘shalar bizmikan yoki Islomda tug‘ilgan avlodlarimizmikan, chunki biz johiliyatda tug‘ilganmiz ku», deyishdi. Bu Nabiy sollallohu alayhi vasallamga etib bordi. Shunda u zot chiqib: «Ular dam soldirmaydigan, shumlanmaydigan, kuydirtirmaydigan va Robblariga tavakkul qiladiganlardir», dedilar. Ukkosha ibn Mihsan: «Men o‘shalardanmanmi, ey Allohning Rasuli?» dedi. «Ha», dedilar. Shunda boshqasi ham turib: «Men ham ulardanmanmi?» dedi. «Ukkosha sendan o‘zib ketdi», dedilar».

«Ko‘z yoki chayon zahridan» – ya’ni ko‘z tegishi yoki chayon chaqishidan. عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كُنَّا مَعَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي قُبَّةٍ فَقَالَ: «أَتَرْضَوْنَ أَنْ تَكُونُوا رُبُعَ أَهْلِ الْجَنَّةِ؟» قُلْنَا: نَعَمْ. قَالَ: «تَرْضَوْنَ أَنْ تَكُونُوا ثُلُثَ أَهْلِ الْجَنَّةِ؟» قُلْنَا: نَعَمْ. قَالَ: «أَتَرْضَوْنَ أَنْ تَكُونُوا شَطْرَ أَهْلِ الْجَنَّةِ؟» قُلْنَا: نَعَمْ. قَالَ: «وَالَّذِي نَفْسُ مُحَمَّدٍ بِيَدِهِ إِنِّي لَأَرْجُو أَنْ تَكُونُوا نِصْفَ أَهْلِ الْجَنَّةِ، وَذَلِكَ أَنَّ الْجَنَّةَ لَا يَدْخُلُهَا إِلَّا نَفْسٌ مُسْلِمَةٌ، وَمَا أَنْتُمْ فِي أَهْلِ الشِّرْكِ إِلَّا كَالشَّعْرَةِ الْبَيْضَاءِ فِي جِلْدِ الثَّوْرِ الْأَسْوَدِ أَوْ كَالشَّعْرَةِ السَّوْدَاءِ فِي جِلْدِ الثَّوْرِ الْأَحْمَرِ Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga bir kapada edik. «Jannat ahlining to‘rtdan biri bo‘lishga rozi bo‘larmidingiz?» dedilar.  «Ha», dedik. «Jannat ahlining uchdan biri bo‘lishga rozi bo‘larmidingiz?» dedilar. «Ha», dedik. «Jannat ahlining yarmi bo‘lishga rozi bo‘larmidingiz?» dedilar. «Ha», degan edik, u zot shunday dedilar: «Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, men jannat ahlining yarmi bo‘lishingizni umid qilaman, chunki jannatga faqat musulmon jon kiradi, xolos. Sizlar shirk ahli orasida qora ho‘kizning terisidagi bir dona oq tukdek yoki qizil ho‘kizning terisidagi bir dona qora tukdek(ozchilik)siz».   (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 16:36 | Savol-javoblar | 174 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar