Otadan aliment so‘rash

Assalomu alaykum! Uztozlar savolim shundan iboratki onam bilan otam ajrashib ketishgan. Ajrashganlariga 15 yil bo‘ldi, shu yil ichida otam xech qanday moddiy yordam ko‘rsatmaganlar, oilada  uch nafar farzand bo‘lsakda bir singlim otam bilan qolgan. Hozir men oilali bo‘lganman, onam bilan kelishilgan xolda otamdan alement ya’ni nafaqa talab   qilsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Talab qilishga haqqingiz yo‘q. Vaqtida so‘rash kerak edi. Vallohu a’lam! O‘tgan muddatning nafaqasi soqit bo‘ladi. Er ma’lum muddat nafaqa bermay yurgan bo‘lsa, keyin uni to‘lashi lozim bo‘lmaydi. ("Kifoya" kitobidan).

28 Aprel 2022, 04:08 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar