Namozim qazo bo‘lib qoladi

Assalomu alaykum! Men iqtisodiyot universitetida kunduzgi ta’limda o‘qiman. Kechgi kurslar topa olmayapman. Yo‘nalishimga ingliz tili kerakligi uchun IELTS kursiga bormoqchi bo‘lib juda ko‘p marta harakat qilyapman, lekin namoz vaqtiga to‘g‘ri kelib qolyapti. Vaqtga to‘g‘rilashga harakat ham qildim chiqdi lekin keyinchalik qazo bo‘lib qolishi mumkin shunga o‘ylanyapman o‘qiymikan yoki o‘qimaymikan deb iltimos yordam beringlar nima maslahat berasizlar? Bu dunyo va oxirat ishi teng kelib qolishi bo‘ladimi? Bunda qaysi yo‘lni tanlay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har qanday vaziyatda ham namozni ado qiling. Boshqa ishlarni shunga moslashtiring. Namozni tark qilishga hech qanday uzr yo‘q. Kurslarda namoz o‘qishga imkon bor. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 01:49 | Savol-javoblar | 156 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar