Tanlagan yo‘lim to‘g‘rimi

Assalomu alaykum! Men 3 ta farzandning onasiman. Turmush o‘rtog‘imning ukasi xotini bilan ajrashgan. Qayni ukam va sobiq ovsinim boshqa-boshqa turmush qilishdi. O‘rtada 2 ta farzand azoblanmoqda. Men ularning farzandlaridan xabar olib, moddiy ta’minlashga yordam beraman. Unga kiyim-kechaklar olib beraman. Nima kerak bo‘lsa menga aytsa olib beraman. Chunki ularning farzandini kichkinaligida emizganligim uchun uni o‘z farzandimdek ko‘raman. Uni xafa bo‘lishini xoxlamayman. Lekin bunga uyimdagilar qarshi bo‘lishyapti. Uni o‘ylashi kerak bo‘lgan o‘zini ota-onasi bor deyishadi. Onam agar yordam bersang sendan rozi emasman deydilar. Men onamga yolg‘on gapirib qaynimning bolasiga yana yordam beryapman. Men to‘g‘ri yo‘ldamanmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri qilayapsiz. Shu ishingiz sizni rizqingizni keng va umringizni uzun bo‘lishiga sabab bo‘ladigan ish. Albatta bunga juda katta to‘siqlar bo‘ladi e’tibor qilmaysiz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 18:28 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar