Ota-onam o‘rtasidagi so‘z

Assalomu alaykum! Kecha ota-onam o‘rtasida urush bo‘ldi. Otam onamga javobingni berdim uyinga ket dedi onam ketmayman deb turib oldi. Lekin otam javobingni 100% berdim deb turib oldi. Ammo taloq so‘zini 1marta ham ishlatmadi. Sizlarni taloq haqidagi savol javobingizni kop oqiyman shunga men ham otamni bu gapidan ikkilanib qoldim. Ota-onamni nikohi hali ham o‘z kuchidami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq muzokarasida javobingni berdim deganda taloq tushadi. 100 % deganda otangiz nimani niyat qilganligini bilish kerak. Bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomon huzurida ko‘rish kerak. Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi taloq ilmini puxta biladigan biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 02:00 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar