Salovat aytmaslik sabab jannat yo‘lini topa olmaganlar

Assalomu Alaykum, Muhammad Salim ibn Muhammad Rahim Buxoriyning "Durratul Vaiziyn" kitobida bitta hadisni o‘qib qoldim. O‘sha hadis sahihligi haqida ma’limot topa olmadim. Quydagi berilgan hadis sahihmi? Abdulloh ibn Masud (r.a) rivoyat qilurlar: "Alloh taolo qiyomat kuni bir qavmga Jannatga kiring, deb buyuradi. Ular qiyomat Arasoti sahrosida xayron bo‘lib turishganida, "Yo Rosululloh, bu qavm Sizning ummatlaringizdan emasmi va nima uchun Jannatga kirmayaptilar?" - deb so‘rashdi. Rosululloh (s.a.v): "Bu qavm xato va kamchilik qilib, mening ismimni eshitganda salovat aytishmagan. Shu boisdan Jannat yo‘lini topa olmay hayrondirlar", - deb javob berdilar ("Ravnaqul-majolis").
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu lafzdagi hadis topilmadi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 20:35 | Savol-javoblar | 164 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar