Ko‘chada bo‘lganda sunnatlarni o‘qilmaydimi

Assalomu alaykum! Oldingi qazo namozlarimni sekin sekin o‘qib borvoman. Ko‘chada bo‘lganimda, o‘qishda namoz vaqti bo‘lib qolsa to‘liq o‘qirdim yani farz sunnatlari bilan. Lekin bir tanishim ko‘chada bo‘lganda faqat farz namoz o‘qiladi deb qoldi. Lekin o‘qshda yoki ko‘chada bo‘lib qosam man barbir to‘liq o‘qivuraman. Yana qazo namozlarniyam faqat uyda o‘qish kerak ekan dedi. Shu gaplar to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qoldirilgan namozlarni qazosini faqat farz va vitrniki o‘qiladi. Kunlik namozlarni sunnatlarini ham o‘qiladi. Qazo namozlarini qaerda bo‘lsa ham o‘qisangiz bo‘ladi. Faqat namoz o‘qishdan qaytarilgan uch vaqtda (quyosh chiqayotgan, tikkaga kelgan va botayotgan) o‘qimasangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 02:22 | Savol-javoblar | 154 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar