Qarindoshlik xaqida

Assalomu alaykum! Men nomoz o‘qiyman va uylanish uchun xijobli qiz qidirgandim va o‘z maxallamizda faqat tog‘amni qizi bor ekan. Yani onamni akasini qizi. Bizning qarindoshlar unchalik dindormas. Men o‘sha qizga uylanishim to‘g‘rimi? Qarindoshlarim buni mumkinmas deb qarshi chiqsada? 2). Agar uylangan taqdirimda xam men ko‘proq ona tomonga o‘xshaymanda qandaydir kasalliklar bo‘lish extimoli ko‘p bo‘lmaydimi, u qiz esa otasi tomonga o‘xshaydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1) Uylansangiz bo‘ladi. Shar’iy mone’ yo‘q. Tog‘angizni qizi bilan emikdosh aka-singil bo‘lmasangiz bo‘ldi. 2) Yaqin qarindoshlar orasidagi kasalliklar bo‘lishi ehtimolini biz aniq aytib bera olmaymiz. Mutaxassis shifokorlar bilan maslahat qiling. Javoblaridan qat’iy nazar shariatda tog‘angizni qiziga uylanishingizga ruxsat bor. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 14:51 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar