Farzandning roziligi

Assalomu alaykum! Islom shariatida ota ona ulug‘lanadi, ularni norizo qilishlik ulkan gunox deyiladi. Lekin har banda farishta bo‘lolmagani uchun ota onalar ham mukammal darajada emas, ular noto‘g‘ri yo‘lni xaq deb bilsa, farzandining ta’limi, ilmi, kiyimi, ovqati umuman hayotiga beparvo bo‘lsa, bunday ota onaning farzandida xaqi qoladimi? Umuman ota ona farzandini o‘stirgani uchun shu vazifasini minnat qilsa, bu mantiqqa zid emasmi? Islom shariatida ota onaning vazifa va majburiyatlari qanday va bu majburiyatlari bajarmasa farzandi ularni ayblashga xaqi bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-ona farzandlar tomonidan hech qachon muhokama qilinmaydi. Ular nima qilganlarida ham o‘z maqomlarida qolishadi. Ota-onalar nima qilishsa ham farzandlar o‘z farzandlik burchlarini qilishlari kerak. Kattalar qilgan gunohlariga o‘zlari javob berishadi. Ular hech narsa qilmagan taqdirlarida ham dunyoga kelishimizga sababchi bo‘lganlari ehtirom qilishimizga kifoya qiladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 23:28 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar