Ilm, ixtirochilik yo‘li - hashamatli to‘y

Assalomu alaykum! Allohga hamdlar bo‘lsin, men ilm yo‘lidagi odamman. Oilamiz boy emas. Men kasbli odamman, topishim yaxshi. Uydagilarga to‘yni kichik qilishni aytdim, lekin o‘ylaganimday kichik to‘y qilishmayapti. Endi akam uylanishiga hammamiz qarashayapmiz. Shu pullarga yaxshigina Labaratoriya qurib, sharoit qilib, ilm-fanda ixtirolar qilishga kirishsam bo‘lar edi, shuncha pul, vaqt to‘yga ketayapti. Menda 3 ta savol tug‘ildi. 1) Kelasi to‘ylarda, ota-onamga "qilayotgan to‘ylarizga 30 kishiga mos pul (yoki qandaydir summada) qarashaman. Pulimni o‘zimni ilmim, labaratoriyam yo‘lida sarflayman" deb aytishga haqqim bormi ?, shu masalada yo‘l yo‘riq bersalaringiz, nima deb tushuntirayin ? 2) Meni ham to‘yimni kichik qilishmoqchi emas, men aytayotgan to‘y (kichik fotixa to‘y + 30 kishilik to‘y + nochorlarga, qo‘shnilarga ovqat tarqatish)ni aytsam ota-onam qattiq gapirishdi, men vaqtida ularnikiga borganman, ularga qilib beraman deb turib oldi, bu vaziyatda nima qilishim kerak ? 3) Ota-onam meni ilmim uchun ko‘p mehnat qilishdi, lekin kasbli bo‘lib yaxshi topib boshlaganimdan keyin, oldingidan ilmga harakat qil deyishmaydi, buni ko‘rib ichim eziladi. Ehh deb, ulardan hafa bo‘lib ketaman, menga nasihat qilingizlar, ulardan hafa bo‘lmayin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onangizga muloyimlik bilan tushintirishga harakat qiling. Eng kerakli narsalarga pul sarflashni targ‘ib qilish kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga muvofiq valiyma qilishni yo‘lga qo‘yish kerak. Qiyinchilik bilan topilingan mablag‘ni yigit va qizlar kelajakdagi taraqqiyotlarining poydevori qilib olishsin. Insonga Alloh tarafidan ba’zi bir vaqtlarda ulkan ne’mat va uning taraqqiyotining yo‘li beriladi. Inson esa o‘z taraqqiyoti o‘rniga isrof qilib xorlik yo‘lini tanlaydi. To‘ydagi isrofgarchiliklar ham o‘sha xorlik yo‘lini tanlashdir. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 02:44 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar