Kabir ismini qo‘yish
Assalomu alaykum! O‘g‘limga Kabir ismini qo‘ymoqchiman. Shu ismni qo‘ysam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Lekin afzal emas. Hadislarda quyidagicha keladi: عَنْ أَبِي وَهْبٍ الْجُشَعِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: تَسَمَّوْا بِأَسْمَاءِ الْأَنْبِيَاءِ، وَأَحَبُّ الْأَسْمَاءِ إِلَى اللهِ عَبْدُ اللهِ وَعَبْدُ الرَّحْمَنِ، وَأَصْدَقُهَا حَارِثٌ وَهَمَّامٌ، وَأَقْبَحُهَا حَرْبٌ وَمُرَّةُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ. وَاللهُ أَعْلَى وَأَعْلَمُ Abu Vahb al-Jusha’iy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Anbiyolarning ismlari ila nomlaninglar.
Alloh uchun ismlaringizning eng mahbublari Abdulloh va Abdurrohmandir. Eng sodiq ismlar Horis va Hammamdir. Ismlarning eng qabihi Harb va Murradir», dedilar».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar. Alloh oliy va bilguvchidir.
Sharh: «Horis» – kasb qiluvchi, «hammam» – ahamiyat beruvchi, «harb» – urush, «murra» – achchiq degani.
O‘tgan hadisi shariflardan yaxshi ismlar uch darajaga bo‘linishi ayon bo‘lmoqda:
1. Alloh taologa bandalik va hamd ma’nosini anglatuvchi Abdulloh, Abdurrohman, Abdurrohim, Abdussalom, Hamidulloh, Azizulloh kabi ismlar.
2. Anbiyolarning ismlari. Muhammad, Ahmad, Ibrohim, Ishoq, Yusuf kabilar.
3. Ezgulikni aks ettiruvchi hamda o‘tgan azizlardan qolgan yaxshi ismlar. Sahobai kiromlar, mashhur imomlar va Horis, Hammom kabi ismlar. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 02:44 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar