Qarshi qudalik qiyin masala ekan
Assalomu alaykum! Ismim Malika, hurmatli ustozlar. Ushbu xatimni o‘qib bee’tibor qoldirmaysizlar degan umiddaman. Turmush qurganimga yaqinda 2 yil bo‘ladi. Biz qarshi qudamiz(akamning xotini erimning opasi). To‘ydan oldin yangam juda yaxshi edi, to‘ydan keyin arzimagan sabablar bilan uyda janjal chiqarib arazlab kelib alamini mendan olardi. Xattoki tutib urardi. Akam ikkovi ajrashdi va menga men seni ukam bilan yashatgani qo‘ymayman dedi. Bundan tabiiyki er xotin ikkimiz oramiz yomonlashardi. Oxirgi janjalimizda erimning kaltagiga chiday olmadim va yana ursangiz militsiyaga beraman dedim(faqat tilimda dilimdi bunday niyat yo‘q edi) erim esa qaerga borsang bor deb uydan xaydadi. Talog‘imni bering keyin ketaman dedim. “Javob senga ketaver” dedilar. Qaynonamni ishxonalariga keldim qaynonam ikkovmiz uyga qaytdik. U kishini tushuntirishlariga qaramay erim yashamayman deb turib oldi. Ertalab ketmaganimni ko‘rib yana tutib urdi. Noiloj uyga keldim. 2 oydan beri uydaman. Qaytib boray desam qo‘rqaman qabul qilmaydi deb, chunki telefon qilsam qo‘pol gaplashadi. Oilam buzilishini xoxlamayman. Onam nikoximizga qarshi bo‘lishlariga qaramay shu yigitga tegdim. Balki onamni ko‘ngillariga qaramaganim uchun gunoximni kafforatini to‘layotgandurman. Talog‘imni so‘raganim va uyga kelganim gunox ishmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Eringizni gapidan sizga taloq tushgan. Siz o‘zingiz Allohdan so‘rang. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:34 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Eringizni gapidan sizga taloq tushgan. Siz o‘zingiz Allohdan so‘rang. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:34 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush