Xijob o‘rash

Assalomu alaykum! Men 5 maxal namoz o‘qiyman. Xijob o‘ramoqchi edim erim ruxsat bermayapti, agar xijob o‘rasang xijob o‘ramaydiganini topman deydi. Shu sabab ro‘mol o‘rab yuribman. Savolim shuki xijob o‘ramay yurganim men gunoxga botamanmi yoki o‘ratmagani uchun erim gunoxga botadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avratni berkitishni biz va sizni yo‘qdan bor qilgan va xohlaganida bordan yo‘q qilib qo‘yishga ham qodir bo‘lgan Alloh buyurgan. Hijob deb maxsus qora yoki boshqa rangli maxsus tikilgan kiyimga mahkam turib olmasdan nima bilan bo‘lsa ham avratlaringizni to‘sing. Kiyimda ikki shart bo‘ladi. Biri ichi ko‘rinadigan darajada shaffof bo‘lmasligi ikkinchisi a’zolarni bo‘rtib ko‘rinadigan darajada tor bo‘lmasligi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 02:55 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar