Shom vaqti yuqori qavatlarda

Assalomu alaykum! Shom va bomdod vaqti yuqori qavatlarda o‘qilish vaqti oddiy 1-qavatda o‘qilish vaqti bilan farq qiladimi? Iftorlik, ya’ni og‘iz ochish paytichi? Masalan man 9-qavatda yashayman. Shom namozini taxmiman 30-40 daqiqadan so‘ng o‘qishga to‘g‘ri kelyapti (agar uyda bo‘lsam). Shu masala bo‘yicha tushuncha bersangiz, ko‘pchilikni o‘ylantirib turgan savollaring biri edi. Nechinchi qavatgacha erni vaqti bilan o‘qisa bo‘ladi-yu, xar bir qavatga qarab qancha kechiktiribroq o‘qish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shom namozi vaqti quyosh botishi bilanoq kiradi. Siz 30-40 daqiqa kutishingiz noto‘g‘ri. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 04:46 | Savol-javoblar | 158 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar