Bankdagi pullarni qaytib olish
Assalomu alaykum! Inson bankdan foizga qo‘ygan pulini muddatidan oldin qaytarib olmoqchi. Agar bank pulni qaytarib berishdan oldin mijoz shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani uchun, o‘sha paytgacha qancha pul berilgan bo‘lsa, foizlarini hisoblab mijozning asl hisobidan (yani 1-kunda bankka qo‘ymoqchi bo‘lgan pulidan) ayirib, kamaytirib berishini aytadi. Va mijoz bunga ham rozi. Savolim: Bunda o‘sha paytgacha foiz hisobidan olgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa narsalar hukmi nima bo‘ladi? Ularni ham faqirlarga tarqatish kerakmi? Ӯzi bir amallab, qiyinchilik bilan uydagilar pulni bankdan qaytarib olishga ko‘ndilar. Agar qolgan narsalarni ham tarqatib yuborish kerak desam yana eski gap-so‘zlar, xafagarchilik qo‘zg‘almasin deyman. Shundoq ham uyimizdan baraka ko‘tarilgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shunchalikka erishibsiz, bundan keyin chiroyli muomala va go‘zal axloq bilan ularga muomala qiling. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 02:55 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat