Birovni o‘rnida ishlash

Assalomu alaykum! Rossiyadaman bu erda Yandeks eda degan dostavka xizmati bor. Kim topshirsa 1 ta nomerga profil ochib beradi. Keyin shu profildan buyurtmalarni olib ishlaydi. Shunda birovning profilini ishlatsa buladi? Savolni uncha tushintirolmagan bo‘lsam uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu o‘sha xizmatning qo‘ygan shartlariga bog‘liq. Shartnomani ochib o‘qing, agar birovning profilidan boshqasi qo‘llanishi man qilingan bo‘lsa, ishlatib bo‘lmaydi. Chunki pofil ochishda shu shartlarga rozi bo‘lingan. Musulmon kishi kelishuvlarga vafo qilishi kerak. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 02:55 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar