O‘rtaga narsa tikib futbol o‘ynash

Assalomu alaykum! Biz ish xonamizda bollar bilan futbol o‘ynaymiz. Ko‘pincha o‘rtaga sok qo‘yamiz va yutgan o‘sha sokni olib ichsak bo‘ladimi. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Haromni ichgan bo‘lasizlar. Ikki yoki undan ko‘p tomon pul tikib, oqibatda birining foydasiga bo‘ladigan har bir holat qimordir. Agar shu qoidaga tushsa, joiz emas. Turli o‘yinlardagi yutqazgan pulini to‘lash ham qimordir. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 15:36 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar