Taloq, gunoh, tavba

Assalomu alaykum! Men bermoqchi bo‘lgan savolimni yo‘llashga ancha o‘ylandim. Er, homilador xotiniga “bolani oldirib tashla, agar oldirmasang taloqsan” dedi. Bunday deyishiga sabab, er, boshqa ayolga ko‘ngil qo‘ygan va uning gapiga ko‘ra, o‘z xotiniga shu gapni aytgan. Xotini, “yo‘q, oldirmayman. Bu eng katta gunohku” deb javob bergan. Ular bir dindor insondan shu masalada maslahat olishganda, “bolani oldiring, bo‘lmasa o‘rtaga taloq tushadi” deb aytgan. Va ayol bolani oldirib tashlagan. Endi bu ishlar uchun er va ayoli gunohkor bo‘lganmi, yoki shu ishni qiling degan “dindor” inson gunohkormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uchchalasi ham gunohkor bo‘lgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:08 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar