1000 oy yashagan inson
Assalomu alaykum! Bobom «Men 1000 oy yashadim, endi menga do‘zax o‘ti harom» degandi. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri. Oxiratda najot topish ya’ni do‘zax o‘tini harom bo‘lish iymon keltirish, solih amallarda bardavom bo‘lish va kimning oqibati nima bo‘liishini Allohdan o‘zga hech kim bilmasligiga iymon keltirishdir. Siz keltirgan gap esa o‘sha g‘aybni bilishni da’vo qilishga o‘xshab qoladi. Tavba qilishlari zarur. 1000 oy yashagan odamga do‘zax o‘ti harom bo‘lishiga hech qanday dalil yo‘q. Ba’zida ba’zi bir insonlarning o‘zlarini qilgan yaxshiliklari yoki ko‘p farzand o‘stirib, uyli-joyli qilganlarini o‘zlarini jannatiy bo‘lganligiga dalil qilishadi. Hajga borib kelib, “Biz onadan yangi tug‘ilgandek begunoh bo‘ldik, qazo namozva ro‘zalarimizni ham tutmasak bo‘laveradi” deganlar qancha. Bu noto‘g‘ri e’tiqoddir. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 06:36 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar