Qarindosh urug‘chilik aloqalari
Assalomu alaykum! Men ayrim sabablarga ko‘ra ozmuncha odamlarni ichida o‘zimni noqulay sezyapman, ozgina o‘zimda kichik mumammo.paydo bo‘lib qoldi iloji boricha vaqtincha o‘zimdagi tushkun holat uchun ko‘pchilikka qo‘shilolmayapman, biz har oy qarindoshlarimiz bilan bir dasturxonda o‘tirib yig‘ilamiz, men esa shu kunlarda borishni xoxlamayapman va bormadim ham, chunki yo‘q deganda bitta menga yoqmaydigan menga tegishli gap eshitaman, meni xozirgi holatim qarindoshchilik aloqalarini uzganlikka kirib qolmaydimi? Vaxolanki ular bilan murosam, salom-aligim yaxshi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aloqa qilishga harakat qiling. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: لَيْسَ الْوَاصِلُ بِالْمُكَافِئِ وَلَكِنْ الْوَاصِلُ الَّذِي إِذَا قَطَعَتْ رَحِمُهُ وَصَلَهَا. رواه الامام البخاري “Haqiqiy silai rahm qiluvchi kishi qarindoshlari tarafidan unga qilingan aloqaga javob tariqasida (bordi-keldi) aloqa qilayotgan odam emas, balki ular tarafidan aloqa uzilgan paytda ularga aloqani bog‘lagan odamdir”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyat qilgan).
Shuning uchun sizning holatingizda ba’zi gaplarga e’tibor qilmay, silai rahm – qarindoshlik aloqalarini qilishingiz yaxshi bo‘ladi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 04:01 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar