Sanatoryada bemor holati

Assalomu alaykum! Qayta savol bergan bo‘lsam uzur so‘rayman to‘liq javob topa olmaganim uchun so‘rayman. Men nogironligim tufayli to‘liq tahorat qila olmayman. Kasaligim mushaklar kuchsizligi shu bois pas joylarda o‘tirib tura olmayman mahsus hadunokga osilib yuraman. Rakvenada yuz qo‘limni yuva olaman oyoqga kelganda bir joyga o‘tirib yuvay deb ko‘tarolmay qiynalaman. Engashib ham yuva olmayman, boshqa usullar o‘ylab topib yuvaman, lekin buni havfli tomoni bor hushyorlikni yo‘qotsam qattiq yiqilib ketishim mumkin. Tayamum olay desam hijolat bo‘laman, ahir yuzimni yuva olaman. Bu holatda oyog‘imni ham yuvishim farzmi yoki uzurli? Yoki yuvishni boshqa engilroq usulini o‘ylab topaymi? Tahoratni olayotkanmda hamomda uzoq qolib ketkanim uchun ko‘p hollarda menga shikoyatlar bo‘ladi. Shu bois ham to‘liq tahorat olish mashaqatli bo‘lib qoladi. Birovga tahorat qildirib qo‘ying deb ularga og‘irligim tushishini istamayman ham uyda ko‘p yolg‘iz qolaman, hamma ishga ketadi 2). Shifohonada mahsus garshokda o‘tirib turishda sanitar hamshiralar yordamlashadi. U erlarda o‘zimni eplay olmayman. Bu holatda gunoh bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Biror odam yuvib qo‘ysa ham bo‘ladi. Yoki biror idishchaga tik turgan holda oyoqlaringiz ustidan suv quysangiz ham bo‘ladi. Oyoqlaringizni tahoratda yuvilishi kerak bo‘lgan joylariga tomadigan darajada yaxshilab suv etib borsa bo‘ldi. Tahoratdagi yuz-qo‘l va boshga mash tortishni rakvinada qilib, artinib olib, hammomdan chiqib oyog‘ingizni biror tog‘oroga yuvsangiz ham bo‘ladi.
2). Avratlarga qaramagan holatda yordamlashsa bo‘ladi. Alloh sizga shifoi komil bersin.  عَنْ جَابِرٍ  رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: يَوَدُّ أَهْلُ الْعَافِيَةِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حِينَ يُعْطَى أَهْلُ الْبَلَاءِ الثَّوَابَ لَوْ أَنَّ جُلُودَهُمْ كَانَتْ قُرِضَتْ فِي الدُّنْيَا بِالْمَقَارِيضِ. رَوَى التِّرْمِذِيُّ هَذِهِ السَّبْعَةَ  Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Qiyomat kuni ahli balolarga savob berilgan paytda ahli ofiyatlar dunyoda terilari qaychi bilan qiyilgan bo‘lishini orzu qiladilar», dedilar».
Ushbu  hadisni Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Bu dunyoda o‘ziga etgan balolarni Alloh taoloning hukmidan deb bilib, ularga sabr qilgan mo‘min bandaga beriladigan savoblarga bu dunyoda balo-ofatlardan uzoqda bo‘lib o‘tganlar havas qilar ekanlar. Shuning uchun Alloh taoloning irodasi ila etgan balolarga sabr qilib, Alloh taolodan savob umidida bo‘lish lozim. Ushbu hadisi sharifda bu dunyoda balo-ofatlarga uchragan mo‘min banda uchun katta tasalli bor. Shu bilan birga, alohida ta’kidlash lozimki, mo‘min banda savobi ko‘p bo‘lar ekan, deb, o‘zini o‘zi baloga urishi yoki o‘ziga o‘zi balo etishini tilashi mutlaqo mumkin emas. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

13 May 2022, 04:01 | Savol-javoblar | 162 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar