Yulduzlarga qarashlik

Assalomu alaykum! Dinimizda yulduzlarga qarashlik taqiqlanganmi? Masalan: Yulduzlarni tomosha qilish va yulduz uchganini tomosha qilish? Yulduz uchganda qanday duo o‘qiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Osmon, yulduzlarni tamosha qilishdan man qilingan dalil yo‘q. Balki Qur’oni karimda ularga qarab tafakkur qilish va ibratlanishga bor. Yulduz uchgan o‘qiladigan duo haqida hech gap kelmagan. Lekin uchgan yulduzni kuzatishdan qaytarilgan. Ulamolardan ba’zilari yulduzlar bilan sehr va shunga o‘xshagan har xil xurofot bog‘liq bo‘lganligi uchun osomonga qarashdan yiroq bo‘lish kerakligini aytishadi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 04:12 | Savol-javoblar | 150 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar