Birovning gunohini yuziga solish
Assalomu alaykum! Bir vaqtlar 15-16 yoshimda shayton yo‘ldan urib zino qilgan edim. Bir inson bunga guvoh bo‘lib qolgan edi. O‘sha paytlarda u odam men haqimda hammaga aytib chiqdi, eshitmagan odam qolmadi. Qilgan ishimdan juda ham pushaymon bo‘lganman. U voqeaga 14 yil bo‘ldi. Hozir namoz o‘qiyman. Ro‘za tutaman. Qo‘limdan kelgancha hayr ehson qilaman. Yaqinda bilsam haligi odam shuncha yildan keyin ham, turli davralarda hangomatalab insonlarga 14 yil oldin qilgan ishim haqida gapirib kelar ekan. Eshitib qattiq dilim og‘ridi. Yuragim siqilyapti. Sharmandalik holatida his qilyapman o‘zimni. Lekin bunga ancha bo‘lgan u paytda yosh edim. Qilgan ishimdan ming pushaymonman. Birovning qilgan gunohiga guvoh bo‘lgan kishi. Butun boshli qishloqqa 14 yil mobaynida gapirib yurishi qanchalik to‘g‘ri. U odam gunoh ish qildi deb aytmaydi. Balki men ushlab oldim deb g‘ururlanib aytadi. Insonni qilgan gunohi uchun ham sharmanda qilishlik to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar o‘sha odam tavba qilib masxara qilgani va aybingizni ochgani uchun kechirim so‘rab roziligizni olmasa o‘zi ham o‘sha ahvolga tushadi.عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ عَيَّرَ أَخَاهُ بِذَنْبٍ لَمْ يَمُتْ حَتَّى يَعْمَلَهُMu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim birodarini bir gunohda ayblasa, o‘zi o‘sha (ish)ni qilmay turib o‘lmaydi», dedilar».
Sharh: Birovlarning aybini behuda ravishda, g‘iybat tariqasida gapirish o‘z egasining boshiga kulfat keltiradi. Tavba qilib, xatosini yashirib yurgan odamlarni ayblash yaxshi emas. Ammo tavba qilmay, oshkora tarzda gunoh qilib yurganlarni tanqid qilish joiz.عَنْ وَاثِلَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا تُظْهِرِ الشَّمَاتَةَ لِأَخِيكَ فَيَرْحَمَهُ اللهُ وَيَبْتَلِيَكَ. رَوَى هَذِهِ السَّبْعَةَ التِّرْمِذِيُّVosila roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Birodaringga kelgan balodan xursandligingni zohir qilma. Tag‘in Alloh unga rahm qilib, seni baloga giriftor qilib qo‘ymasin», dedilar».
Ushbu hadislarni Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Banda hech qachon bir kishining boshiga tushgan balodan xursand bo‘lmasligi, boshiga ish tushgan odamniga past nazar qilmasligi lozim. Chunki zamon aylanib, o‘rinlar almashib qolishi ham mumkin. Shuning uchun ehtiyot bo‘lmoq kerak. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 04:12 | Savol-javoblar | 191 | Turli savollar