Allohning marxamatidan umid qilsam bo‘ladimi?
Assalamu alaykum! Men shu darajada og‘ir gunoh qilib qo‘ydim. Bir soliha, aqlli qiz bor edi. Lekin, Iymon masalalarini, dinimizning go‘zal tomonlarini tushunmay qattiq xatoga yo‘l qo‘ydim. Men u bilan gaplashdim, oramizda juda yaqinlik paydo bo‘ldi. Xattoki, Alloh kechirsin Zino ham qilib qo‘ydik. Ming bora afsusdaman, shayton yo‘ldan ozdirdi. Biz yolg‘on Ma’lumotlarga ishonib qoldik. Keyinchalik turmush qursak gunohlarimiz yuviladi deb xom-xayolga berilibmiz. U qiz dinimizga chuqur kirdi. Qilayotgan ishlarimizi xato ekanini aytib, meni tark etti va tavba qilishga buyurdi. Men ham Alhamdulillah dinimizni yaxshilab o‘rganishga, qilgan ishlarim juda ham og‘ir gunoh ekaniga amin bo‘lyapman. Men qattiq juda ham qattiq tushkunlikdaman. Axir meni shuncha gunohim bilan Alloh kechirarmikan. Uning marhamatidan umid qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nasuh tavba qilsangiz va boshqa bunday ishga yaqin yo‘lamasangiz kechiriladi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 04:33 | Savol-javoblar | 157 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nasuh tavba qilsangiz va boshqa bunday ishga yaqin yo‘lamasangiz kechiriladi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 04:33 | Savol-javoblar | 157 | Oila va turmush