Hadis sahihmi

Assalomu alaykum! Qiyomatgacha 12 ta xalifa keladi degan mazmundagi xadis sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu shialarning 12 imomidan boshqa odamlar haqida. سَمِعْتُ جَابِرَ بْنَ سَمُرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: يَكُونُ اثْنَا عَشَرَ أَمِيرًا - فَقَالَ كَلِمَةً لَمْ أَسْمَعْهَا، فَقَالَ أَبِي: إِنَّهُ قَالَ - كُلُّهُمْ مِنْ قُرَيْشٍ Jobir ibn Samura roziyallohu anhumo aytadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «O‘n ikkita amir bo‘ladi», deyayotganlarini eshitdim. Yana bir gap aytdilar, uni eshitmay qoldim. Otam: «U zot: «Barchasi Qurayshdan», dedilar», degan». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 10:00 | Savol-javoblar | 145 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar