Aka va uka

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, aka ichkilikka o‘rgangan, uka esa namozxon bo‘lsa. Ammo uka akasini benamoz deb ukalik burchini va farzini ado etmasdan, akani kamsitib uni hurmat qilmasa to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda har biri narsani o‘z o‘rniga qo‘yish qattiq ta’kidlangan. Hatto mo‘min kishiga kofirning zotidan jirkanishga haqqi yo‘q. Albatta undagi kufr sifatidan jirkanish, to‘g‘ri yo‘lga yo‘llashga harakat qilish kerak. Aka-uka muomalasi esa undanda nozikdir. Uka, akasining hurmatini o‘z joyiga qo‘ysin, solih uka solih akaga qiladigan muomalasini qilsin. Benamozlik sifatiga noroziligini oqilona izhor qilsin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:52 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar