Ba’zi sunnatlar haqida

Assalomu alaykum! Poycha haqida hamma savollarni o‘qib chiqdim. Javoblarda kibr bo‘lmasa tufuqdan pasti joiz deyilgan egan. Ammo hadisga kelgan matni bo‘yicha boldirning yarmigacha sunnat degan. Fitna qilish niyatida emas, Payg‘ambarimizning sunnati deb shunday yursak savob bo‘ladimi? 2). Ro‘zador paytida, asli qorin ochlik paytida o‘qizdan badbo‘y hid chiqadi. Ammo bu hid Alloh nazdida miskdan ham o‘rtiq degan hadis o‘qidim. Bilamizki bunday hid kunning ikkinchi yarmida chiqa boshlaydi. Bunday payt misvok ishlatish makruhmi? 3). Oyoq kiyim bilan namoz o‘qish sunnat deb o‘qigandim, bu qanchalik rost? Agar rost bo‘lsa bu erda biz kiyadigan oyoq kiyimmi yoki paypoq ham tushiniladimi? Ya’ni yalang oyoq o‘qimaslik shu sunnat ichiga kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Albatta bo‘ladi.
2). Makruh emas.
3). Masjidda kiradiganlarga oyoq kiyim bilan o‘qish sunnat emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida paypoq bo‘lmagan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:43 | Savol-javoblar | 166 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar