Taomda shubha

Assalomu alaykum! Men ko‘chalarda deyarli ovqatlanmayman, faqat ishonchli bazi ovqatlanish joylariga kiraman, Mol, qo‘y, tovuq go‘shtlari halolmasdek nazarimda, shubhaga tushib bazida och qolib ketaman, oldin bir viloyatga borganimizda bir odam oblo xakbar deb qo‘y so‘ygan, biz u so‘z bilan hayvon so‘yilmedi desak bizni qishloqda xamma shunday so‘yadi degan, shunga o‘xshash viloyatlardan so‘yilgan xolatda go‘shtlar keladi toshkentga. Shu o‘y sabab o‘zimi tiyaman, men to‘g‘ri ish qilyaapmanmi yoki bu vasvasami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon kishi luqmasiga e’tiborli bo‘lishi kerak. O‘zi bilgan, halol joylarda taomlanishga harakat qilishi zarur. Lekin aniq dalili bo‘lmagan narsalarni harom demasligi kerak. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 05:16 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar