Taxorat va Namozdagi vasvasa

Assalomu alaykum! Namoz o‘qiyotganda butun namoz qiroatida 3 marta xato qilib to‘g‘irlasa namoz buzilmaydi undan oshsa buziladi deb aytdi bir kishi shu to‘g‘rimi? 2) Menda bir vasvasa bo‘lyapti taxoratda va namozda taxoratdagisi xuddi chala yuvgandek bo‘laman natijada ko‘p suv ishlatib yuboryapman Namozda esa niyat qilishda buladi yani Peshin farzini o‘qimoqchi bo‘lsam "Alloh roziligi uchun Qibla tarafga yuzlanib Peshin namozining 4 rakatlik farzini o‘qishni niyat qildim" deb aytaman lekin ichimda boshqa namozni niyatini qilib quyayotgan dek bo‘laveradi natijada juda ko‘p marta boshidan boshlayapman juda qiynalib ketdim nima qilsam bo‘ladi va Tajviddan xabarim bor Qiroatda hato qilmadimmikin deb o‘ylayveraman iltimos menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatinglar ustozlar iltimos qiynalib ketdim Hattoki har namozni o‘qishdan oldin telfondagi audio yozadiganni yoqib keyin namoz o‘qiydigan bulib qoldim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). To‘g‘ri emas.2). Vasvasaga quloq tutmang. Undan qutulishning eng yaxshi yo‘li undan tamomila yuz o‘girishdir. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:21 | Savol-javoblar | 161 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar