Ro‘zador ayolni tampon qo‘yishi
Assalomu aleykum Ro‘zador ayol tampon qo‘ysa bo‘ladimi? Ayrim sabablarga ko‘ra shunday qilishga to‘g‘ri kelsa ro‘za ochilmaydimi? Allohim sizlardan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Tampon ikki qismga bo‘linadi. Qin ichiga subhi kirishdan avval tiqib olinadigan bo‘lsa ro‘za buzilmaydi. Qin tashqarisiga ishlatiladigani aslo buzmaydi. Ro‘zador ayol quruq holatida kirgizib olishining ham zarari yo‘q. Mabodo kirigazib qayta chiqarib xo‘l holatida qayta kirgizsa yoki tashqaridan biror narsa bilan xo‘llab kirgizsa ro‘za ochiladi. Bunga dalil fuqaholar “Inson ro‘zador holatida quruq barmog‘ini jinsiy yo‘ligi kirgizsa ro‘zasi ochilmaydi. Ammo xo‘l holatda kirgazsa yoki quruq holatda kirgizib qayta chiqarib xo‘llangan holatida kirgizsa ro‘zasi ochiladi” deganlar. Mabodo ro‘zador kishi yoki ayol svecha kabi narsalarni jinsiy a’zolariga kirgazsa ro‘zasi ochiladi. Chunki u barmoq kabi ortga qaytarib chiqarib oladigan narsa emas. Tamponda esa barmoq kabi qaytarib chiqarib olish xususiyati bor. Shuning uchun quruq holatda solinsa buzmaydi. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 13:08 | Savol-javoblar | 160 | Ro‘za