Shom paytida uxlash

Assalomu alaykum! Shom paytida uxlashni xosiyati yaxshimas deyishadi. Bir ikkita ilmlilardan so‘rasam bo‘lmaydi deyishyapti. Lekin dalil ayta olishmayapti. Shu savolga shar’iy javob bormi? Agar mumkin bo‘lmasa bolalarga ham taluqlimi bu masala? Javobingiz uchun oldindan ming bor tashakkur!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!عن أسلم أن عمر بن الخطاب رضي الله عنه كتب: إن وقت العشاء الآخرة إذا غاب الشفق إلى ثلث الليل، ولا تؤخروه إلى ذلك، إلا من شغل، ولا تناموا قبلها، فمن نام قبلها، فلا نامت عيناه. قالها ثلاثاAslam roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:"Umar ibn Xattob roziyallohu anhu amaldorlariga maktub yozib : “Xufton vaqti shafaq g‘oyib bo‘lganidan kechaning uchdan birigachadir. Bungacha kechiktirmanglar. Kim biror narsaga mashg‘ul bo‘lib kechiktirsa, mayli. Xuftondan oldin uxlamanglar, kim xuftondan oldin uxlasa ko‘ziga uyqu ilinmasin, ko‘ziga uyqu ilinmasin, ko‘ziga uyqu ilinmasin” deb uch bora aytdi" dedi.“Musannaf ibn Abi Shayba” kitobida tobe’inlardan bo‘lgan Makhul rahmatullohi alayhdan : “Asrdan keyin uxlovchi kishiga vas-vas bo‘lish xavfi bor” deganlari rivoyat qilingan.  Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 13:19 | Savol-javoblar | 241 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar